“Inklyuziv nogironlik va gender-sezgir muloqot” mavzusida trening

“Inklyuziv nogironlik va gender-sezgir muloqot” mavzusida trening

7 September, 2024

 

2024-yil 23, 24-aprel kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi,  Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi hamda "PRAXIS PLUS" ijtimoiy korxonasi bilan hamkorlikda “Inklyuziv nogironlik va gender-sezgir muloqot” mavzusida 2 kunlik seminar tashkil etildi.

Seminarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning hududlardagi mintaqaviy vakillari va kotibiyati xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatio institutlari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Ilkka Raysanen ochib berdi.

Seminarning birinchi kuni trener sifatida Praxis Plus korxonasi vakillari Ulug‘bek Mamatxonov va Aziz Abdullayevlar qatnashuvchilarga "Inklyuziv nogironlik" mavzusida trening o‘tishdi. Trening davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish qoidalari, to‘g‘ri terminologiya, inklyuziv jamiyat haqidagi mavzularga alohida urg‘u berib o‘tildi hamda ishtirokchilar bilan keng muhokama qilindi.

Trening davomida trenerlar va qatnashuvchilar o‘z shaxsiy hayot va faoliyatlari davomida duch kelgan real voqea va keyslar, videomateriallar munozara shaklida tahlil qilindi.

Tarqatma material sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish madaniyati, ularga nisbatan qo‘llaniladigan to‘g‘ri va noto‘g‘ri murojaat shakllari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanmasi taqdim etildi va tahlil etildi.