Toshkent shahridagi xalqaro Westminster universitetida nogironlikni tushunish bo'yicha trening tashkil etildi

Toshkent shahridagi xalqaro Westminster universitetida nogironlikni tushunish bo'yicha trening tashkil etildi

15 августа, 2025

2024-yil 9–10 fevral kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida, O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi, PRAXIS PLUS MChJ, Toshkent shahar “SHAROIT PLUS” nogironlar jamoat birlashmasi  va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Ko‘ngillilik maktabi” nomli ikki kunlik trening kursi tashkil etdi.

Mazkur trening kursi volontyorlik faoliyatining turli jihatlarini qamrab oldi, jumladan: inklyuziya va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha ta’lim, turli ijtimoiy guruhga mansub odamlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, yetakchilik sifatlarini rivojlantirish hamda birinchi tibbiy yordam ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat bo'ldi.

Treningni korxonamiz trenerleri - Aziz Abdullayev (“PRAXIS PLUS” ijtimoiy korxonasi direktori) va Ulug'bek Mamatxonovlar o'tkazishdi. Trenign davomida volontyorlar jamoasiga nogironlik va inklyuziya tushunchasi, turli xil ko'rinishdagi nogironlikka ega bo'lgan insonlarga to'g'ri terminlar qo'llab murojaat qilish va yordam ko'rsatishgadoir tushunchalar berildi va bu mavzuda volontyorlarning fikr-mulohazalari muhokama qilindi. Bu treningni o'tkazishning yana bir maqsadi, ushbu loyiha doirasida ko‘ngillilar bilan olib borilgan ishlar 2024-yil 4–5 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan "Uzbekistan-UK Education Forum 2024" xalqaro ta’lim forumiga tayyorgarlikka qaratilgan edi. Mazkur forum tashabbuskorlari — Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, XVU, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vestminster universiteti (London) hisoblanadi.

Ushbu qadam nafaqat volontyorlik ishlarining sifatini oshirishga, inklyuzivlikni ta'minlash, nogironligi bo'lgan shaxslarga murojaat va yordam ko'rsatish kabi holatlarda to'g'ri yondashuv bilan birga, jamiyatga sezilarli hissa qo‘shishga ham xizmat qiladi.